Frame onlayn kinoteatri endi FreeLink abonentlari uchun bepul!
FreeLink’ning barcha abonentlari uchun ajoyib yangiliklarimiz bor! Endi siz Frame onlayn kinoteatrida filmlar, seriallar va boshqa videokontentlarni mutlaqo bepul tomosha qilishingiz mumkin
Frame’da sizni nimalar kutmoqda?
Filmlar va seriallarning katta tanlovi
Turli qurilmalarda qulay tomosha qilish imkoniyati
Butun oila uchun yoqimli hordiq chiqarishga mo‘ljallangan kontent
FreeLink abonentlari uchun bepul foydalanish
Shunchaki Frame ilovasini yuklab oling yoki saytga kiring va FreeLink tarmog‘ida bo‘lgan holda telefon raqamingiz bilan tizimga kiring — obuna avtomatik ravishda faollashadi
Agar obuna faollashmagan bo‘lsa, demak siz tizimga kirgan raqam internet loginingizdagi telefon raqamiga mos kelmaydi yoki raqamingiz ikkita internet loginiga ro‘yxatdan o‘tgan. Bunday holatda Telegram bot orqali, bosqichma-bosqich yo‘riqnomaga amal qilgan holda Frame’ni qo‘lda faollashtiring
FreeLink + Frame — uy internetingizda yanada ko‘proq kino va ko‘ngilochar kontent!
