Pinglar qayerda va kim aybi bilan oshayotganini yoki paketlar yo‘qolayotganini tekshirish uchun quyidagi amallarni bajaring:
1. Pusk → Bajарish (yoki klaviaturada Win+R tugmalarini bosing)
2. “Dastur ishga tushirish” oynasiga cmd deb yozing (kichik ingliz harflarida)
3. Ochiilgan terminal oynasiga tracert dota2.com deb yozing (dota2.com o‘rniga kerakli server yoki sayt nomini yozing, yoki IP manzilini, masalan tracert 95.100.3.235)
4. Trassirovka tugagandan so‘ng, bizdan servergacha 13 ta sakrash (paketlar o‘tadigan tugunlar) borligini ko‘rasiz
5. Ko‘k rang bilan ajratilgan tugunlar — bizning internet provayderimiz FreeLink’ka tegishli, sariq — yuqori darajadagi provayderga, qizil — tashqi tarmoq (O‘zbekiston tashqarisida), oq — har bir tugungacha bo‘lgan ping vaqtini bildiradi
6. Biz, internet-provayder sifatida, faqat dastlabki 2 ta tugun ishiga javob bera olamiz; yuqori darajadagi provayderlar yoki chet eldagi tarmoqlarga ta’sir o‘tkazish imkonimiz yo‘q.

