RU UZ

Ulanish xatolari

Xato: 633 “Modem ishlatilmoqda yoki sozlanmagan”
1. Kompyuterni qayta yuklang. Ulanishni qayta urinib ko‘ring.
2. Ulanishni qayta yarating.

Xato: 651 “Link yo‘q”
1. Ulanishni qayta yarating.
2. Antivirus dasturi va tarmoq devori (firewall) sozlamalarini tekshiring (agar mavjud bo‘lsa).
3. Qurilmalar dispetcherida tarmoq adapterini yoqing.
4. Mahalliy tarmoq kabeli ulanganini va ulagichdagi kontaktlarni tekshiring.
5. Agar tarmoq kartasi to‘g‘ri ishlamasa, drayverni qayta o‘rnating yoki qurilmani almashtiring.

Xato: 676 “Liniya band”
1. Mahalliy tarmoq ulanishini o‘chirib, qayta yoqing. Ulanishni yana sinab ko‘ring.
2. Kompyuterni qayta yuklang va yana urinib ko‘ring.
3. Agar anakart nVidia bo‘lsa (adapter), tarmoq drayverini o‘chirib, qayta o‘rnating.

Xato: 678 “Masofaviy kompyuter javob bermayapti”
1. Antivirus dasturi va tarmoq devori (firewall) sozlamalarini tekshiring (agar mavjud bo‘lsa).
2. Qurilmalar dispetcherida tarmoq adapterini yoqing.
3. Mahalliy tarmoq kabeli va ulagichdagi kontaktlarni tekshiring.
4. Agar tarmoq kartasi nosoz bo‘lsa, drayverni qayta o‘rnating yoki qurilmani almashtiring.

Xato: 691 “Kirish rad etildi, foydalanuvchi nomi yoki parol ushbu domen uchun noto‘g‘ri”
1. Klaviaturada ingliz tili tartibi yoqilganini va “Caps Lock” o‘chirilganini tekshiring. Login va Parolni diqqat bilan qayta kiriting.

Xato: 711 “Masofaviy ulanish dispetcheri xizmati ishga tushmadi”
1. “Mening kompyuterim” belgisi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing, “Boshqarish”ni tanlang. Ochiilgan oynada “Xizmatlar va ilovalar → Xizmatlar”ni tanlang va “Telefoniya” hamda “Masofaviy ulanish dispetcheri” xizmatlarini yoqing.

Xato: 720 “Ulanish amalga oshmadi, chunki masofaviy va mahalliy kompyuterlar PPP boshqaruv protokollarini kelisha olmadi”
1. “Mahalliy tarmoq ulanishi” xossalarida “Internet protokoli TCP/IP” satriga belgi qo‘ying;
2. Tizim fayllarini tekshirish va tiklashni ishga tushiring. Buning uchun “Pusk → Bajарish” menyusida sfc /scannow yozing;
3. Agar yordam bermasa, tarmoq kartasi drayverini qayta o‘rnating yoki operatsion tizimni qayta o‘rnating.

Xato: 734 “PPP aloqa boshqaruv protokoli to‘xtatildi”
1. “Tarmoq ulanishlari” papkasida ishlatilayotgan ulanish ustiga o‘ng tugmani bosing. “Xossalar”ni tanlang, “Xavfsizlik” ichiga kiring. “Tekshiruvda foydalaniladi” ro‘yxatida “Xavfsiz bo‘lmagan parol”ni tanlang.

Xato: 769 “Ko‘rsatilgan manzilga ulanish imkonsiz”
1. Qurilmalar dispetcherida tarmoq adapterini yoqing.
2. Tarmoq ulanishlarida mahalliy tarmoq ulanishini yoqing.

Xato: 800 “VPN serverga ulanish mavjud emas”
1. Sizda VPN ulanish yaratilgan. PPPoE ulanishini yaratish kerak.

Xato: 815 “Tezkor ulanish o‘rnatib bo‘lmayapti, chunki masofaviy server javob bermayapti”
qarang: Xatolar 678 va 769.

Telegram Bizga Telegramda yozing