RU UZ

ONU AN702 sozlamalari

Avvalo, ONU ga ulanish kerak. Buning 2 xil usuli mavjud:

1. Sim orqali

1. ONU va kompyuterni yoqing.

2. Ethernet kabeli yordamida kompyuterning Ethernet portini ONU ning LAN portiga ulang.


2. Simsiz

1. ONU va kompyuter/noutbuk/smartfonni yoqing.

2. Wi-Fi tarmoqlari roʻyxatidan ONU tomonidan tarqatilayotgan tarmogʻingizni toping.

3. Wi-Fi tarmogʻingizga ulang.

4. Har qanday brauzerni oching, manzil satriga 192.168.1.1 yozing va “Enter” tugmasini bosing. So‘ngra login: admin, parol: admin kiritib, eki login: telecomadmin, parol: admintelecom kiritib, “Login” tugmasini bosing.

Kiritilgan ma’lumotlar (manzil, login, parol) ishlamasligi mumkin. Bu, ehtimol, avvalgi foydalanuvchi routerda standart bo‘lmagan sozlamalarni qilganini bildiradi. Ularni zavod sozlamalariga qaytarish kerak.

«RESET» tugmasini 5–10 soniya bosib ushlab turing. Sozlamalarni tiklaganingizdan so‘ng, ONU qayta yuklanishini kuting. Keyin yuqoridagi ma’lumotlar yordamida boshqaruv paneliga qayta kirib ko‘ring.

PPPoE sozlamalari

Network → WAN bo‘limiga o‘ting, skrinshotdagi kabi sozlamalarni kiriting va Username hamda Password maydonlariga internet provayder tomonidan berilgan PPPoE login va parolni yozing, so‘ng «Save» tugmasini bosing.

Wi-Fi sozlamalari

Network → WLAN bo‘limiga o‘ting, SSID va WPA PreSharedKey maydonlariga Wi-Fi tarmog‘ingizning nomi va parolini kiriting, so‘ng «Certain» tugmasini bosing.

Application → Pon Mode bo‘limiga o‘ting, GPON ni tanlang, «Certain» tugmasini bosing va ONU ni qayta yuklang.

Telegram Bizga Telegramda yozing