RU UZ

ONU AX6670x6/FL3000x6 sozlamalari

Avvalo, ONU ga ulanish kerak. Buning 2 ta usuli mavjud:

1. Simli

1. ONU va kompyuterni yoqing.

2. Ethernet kabel yordamida kompyuterning Ethernet-portini ONU ning LAN-portiga ulang

2. Simsiz

1. ONU va kompyuter/noutbuk/smartfonni yoqing

2. Wi-Fi tarmoqlar ro‘yxatidan ONU tomonidan tarqatilayotgan tarmog‘ingizni toping

3. Wi-Fi tarmog‘ingizga ulan­ing. Wi-Fi tarmog‘i nomi va paroli ONU pastki qismidagi yorliqda ko‘rsatilgan

4. Istalgan brauzerni oching, manzil satriga: 192.168.1.1 kiriting va “Enter” tugmasini bosing. So‘ng login: superadmin, parol: suportadmin ni kiriting va "Login" tugmasini bosing

Kirish ma’lumotlari (manzil, login, parol) ayrim sabablarga ko‘ra mos kelmasligi mumkin. Bu avvalgi foydalanuvchi noodatiy sozlamalarni o‘rnatganini anglatadi. Bunday holatda zavod sozlamalariga qaytarish kerak.

«RESET» tugmasini 5–10 soniya bosib turing. Sozlamalar tiklangandan so‘ng ONU qayta yuklanishini kuting va yuqoridagi ma’lumotlar bilan yana kirib ko‘ring

PPPoE sozlamalari

1. Yuqoridan “Network” bo‘limini tanlaymiz

2. Asosiy “WAN” oynasida:

O‘ng tomondagi "New" tugmasini bosib yangi ulanish yarating

“Service type” maydonida “INTERNET” ni tanlang

“VLAN mode” maydonida “UNTAG” ni tanlang

“username” maydoniga PPPoE loginini kiriting

“password” maydoniga PPPoE parolini kiriting

so‘ng "Apply" tugmasini bosing

Wi-Fi sozlamalari

3. Yuqoridan “WLAN2.4G” bo‘limini tanlaymiz:

Chap tomondan "WLAN advanced configuration" bo‘limiga o‘tamiz

"channel selection" maydonida kerakli kanalni tanlash yoki “Auto” rejimini qo‘yish mumkin

"Bandwidth mode selection" maydonida kanal kengligini tanlash yoki “20/40” – avtomatik rejimni qo‘yish mumkin

"WPS enable" belgisini olib tashlaymiz

so‘ng "Apply" tugmasini bosamiz

Chap tomondan "WLAN basic configuration" bo‘limiga o‘tamiz

“SSID” maydoniga Wi-Fi tarmog‘i nomini kiriting

“Security Settings” maydonida "WPA2-PSK/WPA3-PSK" ni tanlang

“WPA pre-authentication shared key” maydoniga Wi-Fi parolini kiriting

so‘ng "Apply" tugmasini bosing

Yuqoridan “WLAN5G” bo‘limini tanlaymiz:

Chap tomondan "WLAN5G Advanced Configuration" bo‘limiga o‘tamiz

"channel" maydonida kerakli kanalni tanlang (5 GHz uchun 36–48 kanallari ishlaydi. “Auto” rejimi noto‘g‘ri ishlashi mumkin)

"Bandwidth mode selection" maydonida kanal kengligini tanlash yoki “20/40/80/160 MHz” – avtomatik rejimni qo‘yish mumkin

"WPS enable" belgisini olib tashlaymiz

so‘ng "Apply" tugmasini bosamiz

Chap tomondan "WLAN5G basic configuration" bo‘limiga o‘tamiz

“SSID” maydoniga Wi-Fi tarmog‘i nomini kiriting

“Security Settings” maydonida "WPA2-PSK/WPA3-PSK" ni tanlang

“WPA pre-authentication shared key” maydoniga Wi-Fi parolini kiriting

so‘ng "Apply" tugmasini bosing

ONU ni bridge rejimida sozlash

Yuqoridan “Network” bo‘limini tanlaymiz

Asosiy “WAN” oynasida:

Yangi ulanish yaratish uchun o‘ng tomondagi "New" tugmasini bosamiz

"mode" maydonida "Bridge" ni tanlaymiz

“VLAN mode” maydonida “TRANSPARENT” ni tanlaymiz

shundan so‘ng "Apply" tugmasini bosamiz


ONU ni repeater rejimida sozlash qo‘llab-quvvatlanmaydi


Portlarni yo‘naltirish (Router LAN IP-manzili va port yo‘naltirilayotgan lokal qurilma IP-manzili bir xil subnetda bo‘lishi kerak, masalan: router IP 192.168.1.1, kamera IP 192.168.1.64)

Yuqori menyudan “Application” bo‘limiga o‘tamiz

Chap tomondan “Virtual hosting configuration” bo‘limini tanlaymiz

"interface" maydonida oldin yaratilgan PPPoE ulanishini tanlaymiz

“External port number” maydoniga tashqi portni kiriting

“Internal port number” maydoniga ichki portni kiriting

“internal host” maydoniga qurilmaning ichki IP-manzilini kiriting

“map name” maydoniga qurilma nomini kiriting, masalan "camera"

So‘ng "Add" tugmasini bosing

Endi masofaviy qurilmada ONU ning tashqi (oq) IP-manzili va tashqi portni kiritib lokal qurilmaga kirish mumkin, masalan 91.234.219.250:50000

Telegram Bizga Telegramda yozing