RU UZ

Windows 10 uchun ulanish sozlamalari

1. Pusk menyusini oching va Parametrlar bo‘limini tanlang.

2. Tarmoq va Internet bo‘limini tanlang.

3. Ethernet bo‘limidan Tarmoqlarni boshqarish markazi bo‘limini tanlang.

4. Yangi ulanish yoki tarmoq yaratish va sozlash bandini tanlang.

5. Internetga ulanish bo‘limini tanlang va pastdagi Keyingi tugmasini bosing.

6. Tezkor ulanish (PPPoE) ni tanlang.

7. Foydalanuvchi nomi va Parol ni shartnomangizda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiq kiriting. “Ulanish nomi” maydoniga xohlagan nomni yozing. Ushbu parolni eslab qolish katakchasini belgilang va Ulanish tugmasini bosing.

8. Agar hamma narsa to‘g‘ri kiritilgan bo‘lsa — tizim ulanishni tekshiradi va Internetdan foydalanishni boshlash ni taklif etadi.

Ulanish yaratildi!

Telegram Bizga Telegramda yozing