RU UZ

Windows 8 uchun ulanish sozlamalari

1. Yon menyuni oching (sichqoncha kursorini ekranning o‘ng yuqori burchagiga olib boring va pastga tushiring yoki barmoq bilan ekranning o‘ng chetidan markazga suring) – Parametrlar bandini tanlang.

2. Ochilgan menyudan Boshqaruv paneli bandini tanlang.

3. Ochilgan boshqaruv panelida Tarmoq va Internet bo‘limini tanlang.

4. Tarmoqlarni boshqarish markazi bo‘limini tanlang.

5. Yangi ulanish yoki tarmoq yaratish va sozlash bandini tanlang.

6. Internetga ulanish bandini tanlang.

7. Tezkor ulanish (PPPoE) ni tanlang.

8. Foydalanuvchi nomi va Parol ni shartnomangizda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiq kiriting. “Ulanish nomi” maydoniga istalgan yangi ulanish nomini yozing. Ushbu parolni eslab qolish katakchasini belgilang va Ulanish tugmasini bosing.

9. Agar hamma narsa to‘g‘ri kiritilgan bo‘lsa — tizim ulanishni tekshiradi va Internetdan foydalanishni boshlash ni taklif etadi.

Ulanish yaratildi!

Telegram Bizga Telegramda yozing