Avvalo routerni ulash kerak. Buning ikki xil usuli mavjud:
1. Simli ulanish
1. Routerni va kompyuterni yoqing.
2. Ethernet kabeli orqali kompyuterning Ethernet-portini routerning LAN-portiga ulang.
2. Simsiz ulanish
1. Routerni va kompyuter/noutbuk/smartfonni yoqing.
2. Wi-Fi tarmoqlari ro‘yxatidan routerniz tarqatayotgan tarmoqni toping.
3. Wi-Fi tarmog‘iga ulang. Wi-Fi nomi va paroli routerning pastki qismidagi stikerda ko‘rsatilgan.
4. Istalgan brauzerni oching, manzil satriga: 192.168.0.1 yozing va “Enter” tugmasini bosing.
Ba’zan ko‘rsatilgan kirish ma’lumotlari (manzil, login, parol) ishlamasligi mumkin. Buning sababi — oldingi foydalanuvchi sozlamalarni o‘zgartirgan bo‘lishi mumkin. Bunday holatda routerni zavod sozlamalariga qaytarish kerak. “RESET” tugmasini 5–10 soniya bosib turing. Sozlamalar tiklangach, routerning qayta yuklanishini kuting va qaytadan kirib ko‘ring.
PPPOE sozlamalari
“Connection Type” bo‘limidan “PPPOE”ni tanlaymiz.
"User Name" maydoniga PPPOE loginini kiriting.
"Password" maydoniga PPPOE parolini kiriting.
“Wi-Fi Name” maydoniga istalgan Wi-Fi nomini kiriting.
“Wi-Fi Password” maydoniga Wi-Fi parolini kiriting.
Shundan so‘ng "OK" tugmasini bosing.
Wi-Fi sozlamalari
Chap menyudan “Wireless Settings” bo‘limiga o‘tamiz.
“Preferred Band” bo‘limida 2.4GHz va 5GHz tarmoqlarini birlashtirish yoki ajratish mumkin.
“Wi-Fi Name and Password” bo‘limida Wi-Fi nomlari va parollarini o‘zgartirish mumkin.
“Wireless Parameters” bo‘limida qo‘shimcha sozlamalarni o‘rnatish mumkin.
2.4GHz tarmog‘i uchun:
“Wireless Channel” – kerakli kanalni tanlash yoki “Auto”ga qo‘yish mumkin.
“Wireless Bandwidth” – kanallar kengligini tanlash, “20/40” esa avtomatik tanlash rejimi.
5GHz tarmog‘i uchun:
“Wireless Channel” – 36–48 kanallarni tanlash mumkin. “Auto” rejimi bu modelda noto‘g‘ri ishlaydi.
“Wireless Bandwidth” – kanallar kengligini tanlash yoki “20/40/80” – avtomatik rejim.
So‘ng "OK" tugmasini bosing.
Routerni bridge rejimida sozlash qo‘llab-quvvatlanmaydi
Routerni repiter rejimida sozlash
Chap menyudan “Internet Settings” bo‘limiga o‘tamiz, “Universal Repeater”ni tanlaymiz, ochilgan Wi-Fi ro‘yxatidan kerakli tarmoqni tanlab, parolini kiritamiz va “Connect” tugmasini bosamiz.
So‘ng "OK" tugmasini bosing.
Portlarni ochish (Port Forwarding) (Router LAN IP-manzili va port yo‘naltirilayotgan lokal qurilma IP-manzili bir xil subnetda bo‘lishi kerak, masalan: router IP 192.168.1.1, kamera IP 192.168.1.64)
Chap menyudan “Advanced” bo‘limiga o‘tamiz.
“Internal IP Address” maydoniga lokal qurilmaning IP-manzilini kiriting.
“Internal Port” maydoniga qurilmaning ichki portini kiriting.
“External Port” maydoniga tashqi portni kiriting.
Shundan so‘ng "OK" tugmasini bosing.
Endi masofaviy qurilmadan routerning tashqi (oq) IP-manzili va tashqi portni kiritib, lokal qurilmaga kirish mumkin, masalan: 91.234.219.250:50000
