RU UZ

Tp-Link routeri uchun Wi-Fi sozlamalari

Avvalo, routerni kompyuterga jismoniy tarzda ulash kerak. Bunday ulanishning 2 varianti mavjud:

1. Simli

U asosiy ulanish turi sifatida qaraladi. Simli ulanishda routerni sozlash jarayonida turli xatoliklar yoki osilib qolishlar ehtimoli minimal darajaga tushadi.

1. Routerni va kompyuterni yoqing.

2. Ikkala uchida ulagichlari bo‘lgan “vitaya para” turidagi kabelni oling.

3. Kabelning bir uchini kompyuterning Ethernet-portiga, ikkinchi uchini esa routerning orqa qismidagi shunga o‘xshash portga ulang (ikkala holatda ham – engil “shiq” ovozigacha).

2. Simsiz

  • 1. Routerni va kompyuter/notebook/smartfonni yoqing.
  • 2. Wi-Fi tarmoqlari ro‘yxatidan sizning routerniz tarqatayotgan tarmoqni toping.
  • 3. Wi-Fi tarmog‘ingizga ulaning.

Har qanday brauzerni oching, manzil satriga: 192.168.0.1 yozing va Enter tugmasini bosing.

Agar ushbu manzil ishlamasa (“Sahifa topilmadi” yoki shunga o‘xshash xabar chiqsa), 192.168.1.1 yoki routerning pastki qismida ko‘rsatilgan manzilni sinab ko‘ring.

Ochilgan sahifada yuqoridagi maydonga admin (boshqaruv paneliga kirish logini), pastdagi maydonga ham admin (parol) yozing. So‘ng Enter tugmasini bosing.

Ehtimol, kiritilgan ma’lumotlar (manzil, login, parol) ishlamasligi mumkin. Bu avvalgi foydalanuvchi routerni o‘zgacha sozlaganini anglatadi. Uni zavod sozlamalariga qaytarish kerak.

«RESET» tugmasini 5–10 soniya bosib turing. Sozlamalar tiklangach, routerning qayta yuklanishini kuting. Keyin yuqoridagi ma’lumotlardan foydalanib boshqaruv paneliga qayta kiring.

Internet ulanishini sozlash:

  • 1. Internet ulanish sozlamalari sahifasiga o‘ting: Network > WAN
  • 2. Quyidagi rasmda ko‘rsatilganidek barcha maydonlarni to‘ldiring. User Name va Password maydonlariga internet-provayder tomonidan berilgan login va parolni kiriting (shartnomada ko‘rsatilgan).
  • 3. Yakunda Save tugmasini bosib sozlamalarni saqlang.

Wi-Fi tarmog‘ini sozlash:

  • 1. Wi-Fi sozlamalari sahifasiga o‘ting: Wireless > Wireless Settings
  • 2. Quyidagi rasmda ko‘rsatilganidek barcha maydonlarni to‘ldiring.
  • 3. Yakunda Save tugmasini bosib sozlamalarni saqlang.

Wi-Fi tarmog‘iga parol o‘rnatish:

  • 1. Xavfsizlik sahifasiga o‘ting: Wireless > Wireless Security
  • 2. Xohlagan parolingizni kiriting.
  • 3. Yakunda Save tugmasini bosib sozlamalarni saqlang.

Routerni qayta ishga tushirish:

  • 1. Qayta yuklash sahifasiga o‘ting: System Tools > Reboot
  • 2. Reboot tugmasini bosing.

Routerni sozlash yakunlandi.

Telegram Bizga Telegramda yozing