Avvalo, routerni kompyuterga jismoniy tarzda ulash kerak. Bunday ulanishning 2 varianti mavjud:
1. Simli
U asosiy ulanish turi sifatida qaraladi. Simli ulanishda routerni sozlash jarayonida turli xatoliklar yoki osilib qolishlar ehtimoli minimal darajaga tushadi.
1. Routerni va kompyuterni yoqing.
2. Ikkala uchida ulagichlari bo‘lgan “vitaya para” turidagi kabelni oling.
3. Kabelning bir uchini kompyuterning Ethernet-portiga, ikkinchi uchini esa routerning orqa qismidagi shunga o‘xshash portga ulang (ikkala holatda ham – engil “shiq” ovozigacha).
2. Simsiz
- 1. Routerni va kompyuter/notebook/smartfonni yoqing.
- 2. Wi-Fi tarmoqlari ro‘yxatidan sizning routerniz tarqatayotgan tarmoqni toping.
- 3. Wi-Fi tarmog‘ingizga ulaning.
Har qanday brauzerni oching, manzil satriga: 192.168.1.1 yozing va Enter tugmasini bosing. So‘ngra login va parolni kiriting: admin-admin.
Internetga ulanish uchun pppoe ulanishini sozlaymiz (NETWORK -> WAN -> WAN Connection).
"New connection name" maydoniga ulanish nomini yozing, masalan, pppoe. Username va password maydonlariga provayderingiz bergan “internet” login va parolini kiriting va "Create" tugmasini bosing.
Istak bo‘lsa, standart Wi-Fi nomini (NETWORK -> WLAN -> SSID Settings) bo‘limida ssid name maydonida o‘zgartirish mumkin. O‘zgarishlarni tasdiqlash uchun Submit tugmasini bosing.
Shuningdek, tarmoq parolini wifi bo‘limidagi "Security" ichida "WPA Passphrase" maydonida o‘zgartirish mumkin. O‘zgarishlarni tasdiqlash uchun Submit tugmasini bosing.
Routerni sozlash yakunlandi.
