RU UZ

Avtoto'lov

"Avtoto‘lov" xizmati tufayli siz balans holatini kuzatib borishingiz va har oy internet uchun qo‘lda to‘lashingiz shart emas.

"Avtoto‘lov" xizmati barchasini o‘zingiz uchun bajaradi – faqatgina bank kartangizni ushbu xizmatga bog‘lang va internet uchun to‘lov har oy 15% chegirma bilan, to‘liq avtomatik tarzda va tarif rejangizga muvofiq amalga oshiriladi.

Avtoto‘lov to‘g‘ri ishlashi uchun abonent aktiv holatda bo‘lishi kerak.

Avtoto‘lovni faollashtirish uchun Shaxsiy kabinetga kiring

"Pul muomalalari" → "Avtoto‘lov" bo‘limini tanlang

"Kartani kiritish" tugmasini bosib, quyidagilarni kiriting:

"Karta raqami" maydoniga karta raqamini (16 ta raqam, bo‘sh joysiz, ketma-ket)

"Amal qilish muddati" maydoniga karta amal qilish muddatini (4 ta raqam, bo‘sh joysiz, ketma-ket)

"Qo‘shish" tugmasini bosing

Keyin sizga SMS orqali tasdiqlash kodi yuboriladi, uni "Tasdiqlash kodi" maydoniga kiriting va "Qo‘shish" tugmasini bosing

Tayyor, karta muvaffaqiyatli bog‘landi

Kartani o‘chirish uchun "Avtoto‘lovni o‘chirish" tugmasini bosing va amalni tasdiqlang.

Telegram Bizga Telegramda yozing