Ishonchli to‘lov — bu hisobingizda mablag‘ tugagan bo‘lsa ham internet xizmatlaridan foydalanishni davom ettirish imkoniyatidir.
Biz hisobingizni vaqtincha to‘ldiramiz, shunda siz tarmoqda qolishingiz mumkin, qarz summasini esa keyinroq qaytarasiz.
Ishonchli to‘lovni mustaqil ravishda Shaxsiy kabinet orqali yoki Telegram Flink_Support_Bot orqali olishingiz mumkin.
Birinchi usulda Shaxsiy kabinetga kiring.

Shaxsiy kabinet parolingizni kiriting.

"Asosiy foydalanuvchi ma’lumotlari" sahifasida "Ishonchli to‘lov" tugmasini bosing.

Ochilgan oynada "Qabul qilaman" katagiga belgi qo‘yib, "O‘rnatish" tugmasini bosing.

Ikkinchi usulda Telegram Flink_Support_Botga kiring.

Ochilgan oynada "Telegram Desktop ilovasini ochish" tugmasini bosing.

"Start" tugmasini bosib Telegram-botni ishga tushiring.

O‘zingizga qulay tilni tanlang.

Shaxsiy kabinet loginingizni kiriting.

Mobil telefon raqamingizni kiriting.

"Qo‘shimcha funksiyalar" bo‘limini tanlang.

"Ishonchli to‘lov" bo‘limini tanlang.

Shaxsiy kabinet parolingizni kiriting.

Ishonchli to‘lovni faollashtirishni tasdiqlang.

