RU UZ

Bepul xizmatlar ro`yxati

Abonent uskunasining texnik imkoniyati mavjud bo‘lganda, liniya ustalari tomonidan bepul amalga oshiriladigan internet xizmatlari ro‘yxati:

1. Abonent internet provayderiga birinchi marta ulanganida, abonent routeri/kompyuterida internetga (PPPoE) boshlang‘ich ulanishni bir martalik sozlash

2. Abonent internet provayderiga birinchi marta ulanganida, abonent routeri/kompyuterida simsiz tarmoqning nomi/parolini bir martalik sozlash yoki o‘zgartirish

3. Abonent internet provayderiga birinchi marta ulanganida, bitta qurilmada Allplay xizmatini bir martalik sozlash

4. Smartfon/planshet/kompyuterlarni abonent routerining simsiz tarmog‘iga ulash

5. Abonent kompyuterida internetga (PPPoE) boshlang‘ich ulanishni sozlash

6. Shikastlangan Ethernet va GPON konnektorlarini almashtirish

7. Shikastlangan kabelning yaxlitligini uzaytirishsiz burash/adapter/payvandlash orqali tiklash

8. Abonent internet provayderiga birinchi marta ulanganida, kabelni kvartira/xonagacha yetkazib berish uchun teshik ochish/burash bilan bir martalik montaj ishlari

9. Abonent internet provayderiga birinchi marta ulanganida, qo‘shimcha montaj ishlari (teshik ochish, shtrob qilish, kabelni skoba bilan mahkamlash, plintus yoki kabel-kanallarga joylash, mebelni ko‘chirish) talab qilinmagan holda, kabelni kvartira/xonadon ichida router/kompyutergacha bir martalik yotqizish

Abonent uskunasining texnik imkoniyati mavjud bo‘lganda, liniya ustalari tomonidan bepul amalga oshiriladigan KTV xizmatlari ro‘yxati:

1. Bitta televizorni TV-signalga ulash (qo‘shimcha televizorlarni TV-signalga ulash abonent tomonidan mustaqil amalga oshiriladi yoki usta bilan qo‘shimcha kelishuv asosida bajariladi)

2. Abonent televizorida telekanallarni sozlash (avtopoisk)

3. Shikastlangan KTV konnektorlari va shtsekerlarini almashtirish

4. Shikastlangan kabelning yaxlitligini uzaytirishsiz burash/adapter orqali tiklash

5. Kabelni kvartira/xonagacha yetkazib berish uchun teshik ochish/burash bilan bir martalik montaj ishlari

6. Abonent birinchi marta ulanganida, qo‘shimcha montaj ishlari (teshik ochish, shtrob qilish, kabelni skoba bilan mahkamlash, plintus yoki kabel-kanallarga joylash, mebelni ko‘chirish) talab qilinmagan holda, kabelni kvartira/xonadon ichida televizorgacha bir martalik yotqizish

Telegram Bizga Telegramda yozing