Tarif rejasini mustaqil ravishda Shaxsiy kabinet orqali yoki Telegram Flink_Support_Bot orqali o‘zgartirishingiz mumkin.
Birinchi usul orqali tarif rejasini o‘zgartirish uchun Shaxsiy kabinetga kiring.

Shaxsiy kabinetga login va parolingizni kiritib tizimga kiring.

"Asosiy foydalanuvchi ma’lumotlari" sahifasida "Tarif rejasini o‘zgartirish" tugmasini bosing.

"Tarif rejasi" sahifasida kerakli tarif rejasini tanlang va "O‘zgartirish" tugmasini bosing. So‘ng tasdiqlash oynasida "Qabul qilaman" katagiga belgi qo‘yib, "O‘rnatish" tugmasini bosing.

Ikkinchi usul orqali tarif rejasini o‘zgartirish uchun Telegram Flink_Support_Botga kiring.

Ochilgan oynada "Telegram Desktop ilovasini ochish" tugmasini bosing.

"Start" tugmasini bosib Telegram-botni ishga tushiring.

O‘zingizga qulay tilni tanlang.

Shaxsiy kabinet loginingizni kiriting.

Mobil telefon raqamingizni kiriting.

"Qo‘shimcha funksiyalar" bo‘limini tanlang.

"Tarif rejasini o‘zgartirish" bo‘limini tanlang.

Shaxsiy kabinet parolingizni kiriting.

Tarif rejasini tanlang.

Tarif rejasini o‘zgartirishni tasdiqlang.

